SUN'IY INTELLEKT SOTUV BO'LIMI UCHUN

Har bir qo'ng'iroq, har bir xabar —
AI ko'radi, tahlil qiladi, harakat qiladi

Getline AI suhbatlarni baholaydi, Instagram va Telegram'da mijozlarga javob beradi, CRM'ga o'zi izoh va vazifa yozadi, rahbarga har kuni hisobot yuboradi.

✓
O'zbek, rus va aralash nutq. Mavjud amoCRM'ingizga ulanadi — qayta qurish shart emas.
🎙
Qo'ng'iroq / xabar
🧠
AI tahlil
📝
CRM'ga yozuv
📊
Dashboard
01 · Qo'ng'iroq tahlili

Har bir suhbat baholanadi va CRM'ga yoziladi

Qo'ng'iroq tugadi — bir daqiqadan keyin lid kartochkasida AI izohi paydo bo'ladi. Pastda haqiqiy misol.
amoCRM · Lid kartochkasi
Rustam
+998 9• ••• •• ••
Bosqich
Qayta aloqa
Mas'ul
Sardor
Teglar
IliqAI tahlil
AIGetline AI· izoh qo'shdi · hozirgina
Ball 72/100Lid: IliqKayfiyat: Neytral5:36
Xulosa: Operator mijozga CRM funksiyalarini tushuntirdi, lekin mijozning asosiy muammosi to‘lov o‘tmasligi ekani keyinroq aniqlandi. Mijoz sherigi bilan maslahatlashib qayta aloqaga chiqishini aytdi; aniq vaqt kelishilmadi. Operator xatosi: asosiy muammoni erta aniqlamadi, keyingi qadamni aniq vaqt bilan kelishmadi. Tavsiya etilgan ibora: «Rustam aka, tushundim — sizdagi asosiy masala to‘lov o‘tmayotgani ekan, keling avval shuni tezda hal qilib olaylik.»
Qayta bog'lanish: to'lov muammosini hal qilish, keyin tarifni kelishish
⏰ Ertaga 11:00 · Sardor

Nima baholanadi

Sizning mezonlaringiz bo'yicha — har biri 0–100 ball, vaznlari bilan.

  • Tanishtiruv va murojaat sababi
  • Ehtiyojni aniqlash, foyda va qiymatni ko'rsatish
  • Kelishuv va aniq keyingi qadam
  • E'tiroz turi va yo'qotish sababi
  • Operator/mijoz gapirish ulushi
Mezonlar bo'yicha (haqiqiy qo'ng'iroq)
Tanishtiruv82
Murojaat sababi70
Ehtiyojni aniqlash66
Foyda va qiymat74
Kelishuv65
02 · Instagram va Telegram

AI chat-bot 24/7 javob beradi va lid yig'adi

Mijoz Instagram Direct yoki Telegram'da yozadi — AI sizning mahsulotingiz haqida javob beradi, telefon oladi va CRM'da lid yaratadi. Menejer kerak bo'lganda ulanadi.
G
Getline
onlayn
Assalomu alaykum, CRM o'rnatish qancha turadi?
Assalomu alaykum! Narx kompaniyangiz hajmiga bog'liq — nechta menejer ishlaydi va qaysi kanallardan mijoz keladi? Shunga qarab aniq taklif beraman 😊
5 ta menejer, Instagram va telefon orqali
Tushunarli. 5 menejer uchun amoCRM + Instagram + telefoniya integratsiyasi — eng ko'p so'raladigan variant. Batafsil taklif yuborish uchun telefon raqamingizni qoldirsangiz, mutaxassisimiz 15 daqiqada bog'lanadi.
+998 9• ••• •• ••
Rahmat! Arizangiz qabul qilindi ✅ Mutaxassis tez orada qo'ng'iroq qiladi.

Nimalarni biladi

Bot sizning mahsulot, narx va savol-javoblaringiz asosida o'qitiladi.

  • Mahsulot va xizmatlar haqida savollarga javob
  • Telefon raqamni olib, amoCRM'da lid yaratadi
  • Murakkab holatda menejerga uzatadi
  • O'zbek va rus tilida, mijoz tilida javob
  • Ish vaqtidan tashqari ham ishlaydi
03 · CRM ichida AI

Menejer o'rniga CRM'ni AI to'ldiradi

Izoh, teg, vazifa, bosqich — hammasi avtomatik. Menejer faqat gaplashadi, qolganini tizim qiladi.
📝

Avtomatik izoh

Har suhbatdan keyin lid kartochkasiga xulosa, mijoz ehtiyoji, e'tirozlar va tavsiya yoziladi.

🏷

Lid sifati tegi

Issiq / Iliq / Sovuq — AI suhbatga qarab belgilaydi. Teg faqat yuqoriga ko'tariladi.

✅

Vazifa yaratish

Mijoz «ertaga 11 da qo'ng'iroq qiling» desa — vazifa o'sha vaqtga, mas'ul menejerga qo'yiladi.

🔀

Bosqichni ko'chirish

Javobsiz qo'ng'iroq — lid avtomatik «Javobsiz» bosqichiga. Kelishuv bo'lsa — keyingisiga.

📊

Lidlarni taqsimlash

Yangi lidlar menejerlar o'rtasida navbat yoki yuklama bo'yicha avtomatik bo'linadi.

📄

Tijoriy taklif

Lid ma'lumotlaridan bir tugma bilan tayyor tijoriy taklif hujjati.

04 · Kunlik AI hisobot

Har kuni ertalab — rahbar uchun xulosa

Telegram'ga keladi. Kun qanday o'tgani, nima e'tibor talab qilishi, bugun nima qilish kerak.

Hisobotda nima bor

  • Qo'ng'iroqlar soni, javobsizlar, o'rtacha ball
  • Menejerlar bo'yicha natija
  • Past baholi suhbatlar — kim va nima uchun
  • Kechikkan lidlar va kutayotgan mijozlar
  • AI tavsiyasi: bugun nimaga e'tibor berish
✈
Getline AI
bugun 09:00
📊 Kunlik hisobot — 21 sentabr Qo'ng'iroqlar: 24 (javob berilgan 17, javobsiz 7) O'rtacha ball: 68 (kechagidan +4) 👥 Menejerlar: Sardor — 8 qo'ng'iroq, 74 ball Farangiz — 6 qo'ng'iroq, 61 ball Bilol — 3 qo'ng'iroq, 58 ball ⚠️ E'tibor: 3 ta suhbat 50 balldan past — asosiy sabab: keyingi qadam kelishilmagan. 💡 Bugun: 4 ta lid 2 kundan beri javob kutmoqda — birinchi navbatda ularga qo'ng'iroq qiling.
05 · Dashboard

Sotuv, lidlar, qo'ng'iroqlar — bitta ekranda

Real vaqtda. Rahbar telefondan ochib, bo'limda nima bo'layotganini bir qarashda ko'radi.
ai.getline.uz
0
Qo'ng'iroq
0
O'rtacha ball
0
Javobsiz
0 daq
Javob tezligi
Menejerlar
Sardor81
Farangiz64
Bilol43
Hafta dinamikasi
🎯

Sotuv va voronka

Lidlar, konversiya, bosqichlar bo'yicha taqsimot, yopilganlar.

⚡

Javob tezligi (SLA)

Qaysi lidga kech javob berilgani va kim hozir kutayotgani.

🎧

Yozuvni tinglash

Past baholi suhbatni bosib, o'sha yerning o'zida tinglash.

Nima uchun Getline

Xorijiy tizimlar bilan farqi

🌐 Xorijiy AI-tizimlar

  • Faqat rus yoki ingliz tili
  • Aralash nutqni tushunmaydi
  • Mahalliy telefoniya bilan ishlamaydi
  • Ma'lumot xorijiy serverda
  • Qo'llab-quvvatlash chet elda

✨ Getline AI

  • O'zbek, rus va aralash nutq
  • Moizvonki, OnlinePBX bilan tayyor integratsiya
  • amoCRM rasmiy hamkori — CRM'ni ham biz qilamiz
  • Ma'lumot bizning serverda, mijozlar ajratilgan
  • Qo'qon va Toshkentda — telefon qiling, javob beramiz
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Ulash uchun nima kerak?+

amoCRM'ga kirish va telefoniya (Moizvonki yoki OnlinePBX). Qo'ng'iroq tahlili odatda yarim kunda ulanadi. Chat-bot uchun Instagram biznes-akkaunt yoki Telegram bot kerak.

Baholash mezonlarini o'zim belgilay olamanmi?+

Ha. Boshida siz bilan 20 daqiqalik suhbatda «yaxshi qo'ng'iroq sizda qanday ko'rinadi» degan savolga javob olamiz, shundan mezonlar tuziladi. Keyin istalgan vaqtda o'zgartirish mumkin.

Chat-bot noto'g'ri javob bersa?+

Bot faqat siz bergan ma'lumot doirasida javob beradi. Bilmagan savolda «mutaxassis bog'lanadi» deb menejerga uzatadi. Har bir suhbatni CRM'da ko'rish va botni to'g'rilash mumkin.

Menejerlar dashboardni ko'radimi?+

Sizning qaroringiz. Rahbar hammasini ko'radi; menejerga faqat o'z natijasini ko'rsatish yoki umuman kirish bermaslik mumkin.

Ma'lumotlar qayerda saqlanadi?+

Bizning serverimizda. Har bir mijozning ma'lumoti alohida, boshqa mijoz ko'ra olmaydi. Qo'ng'iroq yozuvlari sizning telefoniyangizda qoladi, biz faqat tahlil qilamiz.

Narxi qanday?+

Menejerlar soni va qaysi modullar kerakligiga bog'liq. Ariza qoldiring — birinchi tahlilni bepul qilib, aniq narxni aytamiz.

Qo'ng'iroqlaringizni bepul tahlil qilib ko'ramiz

Ariza qoldiring — bog'lanamiz, birinchi tahlilni bepul qilamiz va aniq narxni aytamiz.