Yangi · Qo‘ng‘iroqdan keyin 1 daqiqada

Qo‘ng‘iroq tugadi — CRM allaqachon to‘ldirilgan

Getline AI har bir qo‘ng‘iroqni tahlil qiladi va bir daqiqa ichida mijoz aytgan ma’lumotni — ism, ehtiyoj, byudjet, shahar, keyingi qadam — amoCRM kartochkasiga yozadi. Menejer maydon to‘ldirish bilan emas, sotuv bilan band bo‘ladi.

O‘zbek, rus va aralash nutqni tushunadi Mavjud CRM’ingizga ulanadi
+998 90 ••• 45 12Kiruvchi qo‘ng‘iroq · 00:00
Qo‘ng‘iroqda
amoCRMLid #4821Yangi lid
AI to‘ldirdi0/8
IsmAI
ManbaAI
MahsulotAI
ByudjetAI
To‘lovAI
ShaharAI
YetkazishAI
Keyingi qadamAI
CRM to‘ldirildiQo‘ng‘iroqdan 40 soniya keyin

Getline AI bilan ishlayotgan kompaniyalar

  • West Matras
  • iSpace
  • Pepito
  • Imirjobs
Baholash

Har bir suhbat 17 mezon bo‘yicha baholanadi

Menejer nimani to‘g‘ri qildi, qayerda xato qildi va keyingi qadam nima — AI har bir qo‘ng‘iroq va yozishmadan keyin aniq yozib beradi. Rahbar har kuni ertalab Telegram’da qisqa hisobot oladi.

  • Mezonlar sizning skriptingiz asosida tuziladi
  • Ishlanmagan e’tirozlar va xatolar belgilanadi
  • CRM’ga izoh, teg va vazifa avtomatik yoziladi
+1vazifa CRM’ga qo‘shildi
S
Sardor → RustamChiquvchi qo‘ng‘iroq · 05:36
AI tahlil
MijozNarxi qancha bo‘ladi? Hozir bo‘lib to‘lashga qiynalyapmiz.
MenejerTarifimiz oyiga… keyinroq gaplashamiz, mayli. E’tiroz ishlanmadi
MijozErtaga 11 da qayta qo‘ng‘iroq qilsangiz, rahbar bilan maslahatlashaman.
MenejerAlbatta, ertaga 11:00 da bog‘lanaman.
72ball
Salomlashish va tanishtirish90
Ehtiyojni aniqlash76
E’tiroz bilan ishlash41
Ertaga 11:00 — qayta qo‘ng‘iroq · Sardor
Iliq lidteg avtomatik qo‘yildi
Muammo

CRM bor, lekin sotuv bo‘limida nima bo‘layotgani ko‘rinmaydimi?

Rahbar kuniga bir nechta qo‘ng‘iroqni eshitishga ulguradi. Qolgan yuzlab suhbat nazoratsiz qoladi va yo‘qotishlar oy oxirida, raqamlarda bilinadi.

Qo‘ng‘iroqlarni hech kim eshitmaydi

Menejer qanday gaplashayotganini faqat u o‘zi biladi. Xato takrorlanaveradi.

Lidga kech javob beriladi

Mijoz ikki soat kutib, raqobatchidan sotib oladi. Buni hech kim sezmaydi.

CRM to‘ldirilmaydi

Izoh yo‘q, vazifa qo‘yilmagan, bosqich yangilanmagan. Lid kartochkasi bo‘sh turadi.

“O‘ylab ko‘radi” deb yoziladi

Aslida narx e’tirozi ishlanmagan yoki keyingi qadam kelishilmagan.

Platforma

Bitta platforma: suhbatdan tortib rahbar hisobotigacha

Har bir bo‘lim alohida ham ishlaydi. Bittasidan boshlab, keyin qolganlarini qo‘shish mumkin.

Har bir suhbat baholanadi va CRM’ga yoziladi

Qo‘ng‘iroq tugagach, bir daqiqa ichida lid kartochkasida AI izohi paydo bo‘ladi: xulosa, xato, tavsiya va keyingi qadam.

  • 17 mezon bo‘yicha baho. Skript va standartlaringizga moslanadi.
  • Bir kundagi suhbatlar birga baholanadi. Mijoz bilan kun davomida bir necha marta gaplashilgan bo‘lsa, ular bitta suhbat sifatida ko‘riladi.
  • Taqiqlangan gaplar (qo‘pollik, noto‘g‘ri narx aytish) alohida belgilanadi.
  • E’tiroz turi va yo‘qotish sababi yig‘ilib boradi.
Namuna
amoCRM · Lid kartochkasi
AIGetline AIizoh qo‘shdi · hozirgina
Ball 72/100Lid: IliqKayfiyat: Neytral5:36

Xulosa: Mijozning asosiy muammosi bo‘lib to‘lash ekani keyinroq aniqlandi. Rahbar bilan maslahatlashib, qayta aloqa so‘radi.

Menejer xatosi: narx e’tirozida yechim taklif qilinmadi, keyingi qadam aniq kelishilmadi.

Ehtiyoj
76
Taqdimot
74
E’tiroz
41
Kelishuv
65
Qayta bog‘lanish: bo‘lib to‘lash variantini taklif qilishErtaga 11:00 · Sardor
AI bilan sozlash

Kompaniyangiz haqida bir necha savolga javob bering. Qolganini AI tuzadi.

Voronka bosqichlari, maydonlar va baholash mezonlari biznesingizga moslab tuziladi. Keyin istalgan vaqtda o‘zgartirasiz.

AI
Kompaniyangiz nima sotadi va mijozlar qayerdan keladi?
Matras va yotoq anjomlari. Instagram, telefon va do‘kon orqali.
Tayyor voronka
Yangi lid› Ehtiyoj aniqlandi› Do‘konga taklif› To‘lov› Yetkazildi
17baholash mezoni
8mijozga beriladigan savol
5lid sifati belgisi
Qanday ishlaydi

Bepul tahlildan to har kungi natijagacha

Hammasini o‘zimiz ulaymiz va sozlaymiz. Sizdan bitta tanishuv uchrashuvi va skriptingiz kerak.

01

Bepul diagnostika

Qo‘ng‘iroqlaringizning bir qismini tahlil qilib, bo‘limdagi asosiy xatolarni ko‘rsatamiz.

02

Ulash

amoCRM, telefoniya va messenjerlarni ulaymiz. Mavjud CRM’ni qayta qurish shart emas.

03

Mezonlarni sozlash

Skriptingiz va standartlaringiz asosida baholash mezonlarini birga tuzamiz.

04

Har kuni natija

Har bir suhbat baholanadi, CRM to‘ldiriladi, rahbar ertalab hisobot oladi.

Ulanadi:

amoCRMMoi ZvonkiOnlinePBXSipuniInstagramTelegram
Taqqoslash

Qo‘lda nazorat va Getline AI

Qo‘lda tinglashGetline AI
Qamrov
Tasodifiy bir nechta qo‘ng‘iroq
Har bir qo‘ng‘iroq va yozishma
Tezlik
Rahbarning soatlab vaqti
Qo‘ng‘iroqdan keyin bir daqiqada
Baholash
Kayfiyatga qarab, har kim har xil
17 ta aniq mezon, hamma uchun bir xil
CRM
Menejer to‘ldirsa — to‘ladi
Izoh, teg va vazifani AI yozadi
Hisobot
Oy oxirida, Excel’da
Har kuni 09:00 da Telegram’da
Tavsiya
Haftada bir marta, umumiy gap bilan
Har qo‘ng‘iroqdan keyin aniq tavsiya
Mijozlar

Kimlar uchun nima qildik

West Matras

Matras va yotoq anjomlari
  • Qo‘ng‘iroqlar AI tahlili
  • Bosqichni avtomatik ko‘chirish
  • AI vazifalar
  • Sotuv dashboardi

iSpace

Massaj kreslolari
  • 9 ta voronka
  • Qo‘ng‘iroqlar AI tahlili
  • Telegram chatlari tahlili
  • Rahbar dashboardi

Pepito

Bolalar mahsulotlari
  • Qo‘ng‘iroqlar AI tahlili
  • Kuryerlar uchun Telegram bot
  • Yetkazishni avtomatlashtirish

Imirjobs

Ishga joylashtirish
  • Instagram va Telegram bot
  • Qo‘ng‘iroqlar AI tahlili
  • Hujjatlarni skanerlash
Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

O‘zbek tilini, shevalarni tushunadimi?

Ha. O‘zbek, rus va aralash nutqni tushunadi. Kompaniyangizga xos mahsulot nomlari va atamalar ham sozlanadi.

Mezonlarni kim tuzadi?

Standart 17 ta mezon bor. Ularni skriptingiz va savollaringiz asosida birga moslaymiz. Keyin istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin.

Qaysi telefoniya bilan ishlaydi?

Moi Zvonki, OnlinePBX va Sipuni bilan tayyor ulanish bor. Boshqa telefoniyani ham ko‘rib chiqamiz.

amoCRM yo‘q bo‘lsa-chi?

CRM’ni ham o‘zimiz joriy qilamiz: litsenziya, voronka, telefoniya va jamoani o‘qitish. Batafsil “CRM joriy qilish” sahifasida.

Menejerlar natijalarni ko‘radimi?

Sizning qaroringiz. Rahbar hammasini ko‘radi. Menejerga faqat o‘z natijasini ko‘rsatish yoki umuman kirish bermaslik mumkin.

Ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

Bizning serverimizda, har bir kompaniyaning ma’lumoti alohida. Qo‘ng‘iroq yozuvlari sizning telefoniyangizda qoladi, biz faqat tahlil qilamiz.

Narxi qanday?

Menejerlar soni va qaysi bo‘limlar kerakligiga bog‘liq. Ariza qoldiring: birinchi tahlilni bepul qilib, aniq narxni aytamiz.

Bepul demo

Qo‘ng‘iroqlaringizni bepul tahlil qilib ko‘rsatamiz

Ariza qoldiring. Bog‘lanamiz, bir nechta qo‘ng‘iroqingizni tahlil qilib, natijani va aniq narxni ko‘rsatamiz.

+998 91 770 55 45 · 78 333 02 01Dushanba–shanba, 9:00–18:00
t.me/getline_uzbTelegram’da yozing
Qo‘qon, Davlat xizmatlari markazi binosiO‘zbekiston bo‘ylab masofadan ishlaymiz
Nima qiziqtiradi?

30 daqiqa ichida bog‘lanamiz (ish vaqtida).